Kirish Ro'yxatdan o'tish

Diyor Xolmatov: "Nasaf"ni mag‘lub etib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz"

Diyor Xolmatov: "Nasaf"ni mag‘lub etib, muxlislarimizni xursand qilmoqchimiz"

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 18-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — "Nasaf" uchrashuvi arafasida "lochinlar"ning 24 yoshli yarim himoyachisi Diyor Xolmatov bo‘lajak bahs haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bo‘lajak uchrashuvda chiroyli o‘yin namoyish etib, g‘alabali seriyamizni davom ettirishni xohlaymiz. Shu orqali muxlislarimizga va biz uchun barcha sharoitlarni yaratib berayotgan Namangan viloyati hokimiga quvonch ulashish niyatidamiz. Buni amalga oshirish uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz.

Bu safargi raqibimiz — "Nasaf" kuchli jamoa. Uning tarkibida mahoratli futbolchilar bor. Biz raqibni o‘rganib chiqdik va shunga yarasha tayyorgarlik ko‘rdik. Xudo xohlasa, "Nasaf"ni mag‘lub etib, jamoamiz muxlislarini xursand qilamiz", — dedi Diyor Xolmatov.

Manba: "Навбаҳор" ПФК матбуот хизмати
Kiritildi: 16:25, 21.08.2026.
O'qildi: 931 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик