Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Alvaresning yagona orzusi — «Barselona»da o‘ynash

Alvaresning yagona orzusi — «Barselona»da o‘ynash

Baho:
+1 | -

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvaresning kelajagi borasida yangi ma’lumotlar paydo bo‘ldi. Argentinalik futbolchi faoliyatini faqat «Barselona»da davom ettirishni xohlamoqda.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, 26 yoshli forvard boshqa klublarni variant sifatida ko‘rib chiqmayapti.

«Na «Arsenal», na boshqa biror klub Alvares uchun variant hisoblanadi», — deya ta’kidlangan futbolchiga yaqin manbalarga tayanib berilgan xabarda.

So‘nggi kunlardagi boshqa xabarlar ham Alvaresning ustuvor maqsadi «Barselona» ekanini tasdiqlamoqda. Shu bilan birga, «Atletiko»ning pozisiyasi qat’iy — madridliklar hujumchini to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatchisiga sotishni istamayapti.

«Barselona» esa transferdan hali to‘liq voz kechmagan. Kataloniya klubi yaqin kunlarda kelishuvga erishish imkoniyati bor-yo‘qligini aniqlashni rejalashtirgan. Alvaresning «Atletiko» bilan shartnomasi 2030 yil yozigacha amal qiladi.

Agar klublar o‘rtasida kelishuvga erishilmasa, argentinalik hujumchi 2026/27 yilgi mavsumni «Atletiko» safida o‘tkazishi kutilmoqda.

Kiritildi: 20:02, 21.08.2026.
O'qildi: 1069 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик