Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Paxtakor" – "Surxon": golsiz durang raqamlarda

"Paxtakor" – "Surxon": golsiz durang raqamlarda

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasi 18-turidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Surxon" uchrashuvida hisob ochilmadi — 0:0.

Statistik ko‘rsatkichlarga ko‘ra, "Paxtakor" xavfli vaziyatlar yaratish borasida raqibidan sezilarli ustunlik qildi. Toshkentliklarning kutilgan gollar (xG) ko‘rsatkichi 1,56 ni tashkil etgan bo‘lsa, "Surxon"da bu raqam 0,59 bo‘ldi.

"Paxtakor" raqib darvozasi tomon 9 marta zarba yo‘lladi, ammo ulardan faqat bittasi aniq chiqdi. "Surxon" esa 4 ta zarba berib, 1 marta darvozani aniq nishonga oldi.

To‘p nazoratida mehmonlar biroz ustunlik qildi — 52 foizga 48 foiz. Paslar aniqligi bo‘yicha esa "Paxtakor"da 76, "Surxon"da 75 foizlik ko‘rsatkich qayd etildi.

Shuningdek, "Paxtakor" kalit paslar (6:3) va burchak zarbalari (4:2) bo‘yicha ham raqibidan ustun bo‘ldi. Toshkentliklar 18 marta, "Surxon" futbolchilari esa 13 marta qoida buzdi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 22:25, 21.08.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик