Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

"Tottenxem" APLdagi ilk o‘yinini ikki asosiy himoyachisiz o‘tkazadi

"Tottenxem" APLdagi ilk o‘yinini ikki asosiy himoyachisiz o‘tkazadi

Baho:
+ | -

"Tottenxem" bosh murabbiyi Roberto De Dzerbi jamoa himoyachilari Mikki van de Ven va Pedro Porro Angliya Premyer-ligasi yangi mavsumining birinchi turida "Brentford"ga qarshi maydonga tushmasligini tasdiqladi.

"Mikki ertangi o‘yin qaydnomasida bo‘lmaydi. Pedro Porro ham uchrashuvni o‘tkazib yuboradi", — deya De Dzerbining so‘zlarini keltiradi Metro.

Van de Ven Avstraliyadagi mavsumoldi yig‘ini vaqtida kichik jarohat olgandi. Niderlandiyalik futbolchi hozirda umumiy guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazmoqda. De Dzerbi avvalroq uning jarohati jiddiy emasligini aytgan, biroq klub himoyachining sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘yishni istamayapti.

Porroning o‘yinni o‘tkazib yuborishiga aniq nima sabab bo‘lgani hozircha ma’lum qilinmagan. Ispaniyalik futbolchi jahon chempionatidan keyin mashg‘ulotlarga kechroq qaytgani sababli unga tiklanish uchun qo‘shimcha vaqt berilgan bo‘lishi mumkin.

Kutilishicha, "Brentford"ga qarshi bahsda o‘ng qanot himoyasida Porroning o‘rnini Archi Grey egallaydi. Jed Spens "Inter"ga sotilganidan keyin Porro "Tottenxem" tarkibidagi yagona nominal o‘ng qanot himoyachisi bo‘lib qolgan.

Kiritildi: 22:32, 21.08.2026.
O'qildi: 1076 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик