Milanning «Inter» klubi o‘z rasmiy saytida «Liverpul» yarim himoyachisi Kyortis Jonsning transferini rasman e’lon qildi. 25 yoshli angliyalik futbolchi «neradzurri» safiga mersisaydliklar klubidan ko‘chib o‘tdi.
Jons Milan klubi bilan 2031 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan 5 yillik shartnoma imzoladi. OAV xabarlariga ko‘ra, ushbu transfer «Inter»ga 30 million yevroga tushgan.
Kyortis Jons «Liverpul»ning asosiy jamoasi tarkibida barcha turnirlarda 228 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, o‘z hisobiga 22 ta gol va 25 ta golli uzatma yozdirib qo‘ygan edi.
22 avgust kuni «Inter» A Seriyaning 1-turi doirasida o‘z maydonida «Monsa»ni qabul qiladi.













