Kirish Ro'yxatdan o'tish
21/08 19:00 Navbahor 1-0 Nasaf
21/08 20:00 Paxtakor 0-0 Surxon

Edegor: «Ilk o‘yin hamisha biroz hayajonli kechadi»

Edegor: «Ilk o‘yin hamisha biroz hayajonli kechadi»

Baho:
+ | -

«Arsenal» sardori Martin Edegor APL 1-turida «Koventri Siti» ustidan qozonilgan 3:0 hisobidagi g‘alabadan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Ilk o‘yin hamisha biroz hayajonli kechadi. Raqib yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va bizga munosib qarshilik ko‘rsatdi. Biz uchun birinchi golni urib, o‘yin nazoratini o‘z qo‘limizga olish muhim edi. Yaxshi sifatli o‘yin bo‘ldi», — dedi norvegiyalik yarim himoyachi Sky Sports nashriga.

«Tarkibda futbolchilar sifati va raqobat juda yuqori. Maydonga istalgan o‘yinchini tushirsangiz ham, u eng yuqori darajada to‘p sura oladi. Biz bir-birimizni yanada kuchliroq bo‘lishga undaymiz. Hujumda yanada aniqroq va xavfliroq harakat qilishimiz mumkin edi. Bu yaxshi ko‘rsatkich, ammo bundan ham yaxshiroq o‘ynay olamiz».

Shuningdek, Edegor o‘tgan mavsumdagi jarohatlar va omadsizliklardan so‘ng hozirgi jismoniy holati haqida ham to‘xtaldi:

«O‘tgan mavsum men uchun juda og‘ir kechdi — jarohatlar, noqulay vaziyatlar va omadsizliklar juda ko‘p bo‘ldi. O‘yin ritmiga kirib olishim qiyin kechdi. Biroq yaxshi o‘tkazilgan Jahon chempionati va mavsumoldi tayyorgarlikdan so‘ng o‘zimni ajoyib his qilyapman. Hozirda jismonan 100% tayyorman».

Eslatib o‘tamiz, «Arsenal» APL 2-turi doirasida 31 avgust kuni «Aston Villa» mehmoni bo‘ladi.

Kiritildi: 06:34, 22.08.2026.
O'qildi: 421 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик