Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Messi MLS o‘yinida «Filadelfiya Yunion» futbolchisining boshiga urgani uchun jarimaga tortildi

Messi MLS o‘yinida «Filadelfiya Yunion» futbolchisining boshiga urgani uchun jarimaga tortildi

Baho:
+ | -

Argentinalik hujumchi Lionel Messi va «Inter Mayami» darvozaboni Yen Frey MLS muntazam chempionati doirasidagi «Filadelfiya Yunion»ga qarshi o‘yindan so‘ng (2:2) pul jarimasiga tortildi. Bu haqda ESPN nashri xabar bermoqda.

Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, o‘yin davomida Messi Kuinn Sallivan bilan janjal markazida bo‘lib qolgan va raqibining boshiga kafti bilan turtgan. Keyinchalik Frey va Sallivan ishtirokida yana bir vaziyat yuzaga kelgan, qo‘shib berilgan daqiqalarda esa Kavan Sallivan hamda Yannik Brayt o‘rtasida dahanaki janjal chiqib, ikkalasi ham maydondan chetlatilgan edi.

Uchrashuvdan so‘ng mustaqil komissiya epizodlarni qayta ko‘rib chiqdi. Kavan Sallivanga ko‘rsatilgan qizil kartochka bir ovozdan bekor qilindi, Messi va Frey esa moliyaviy sanksiyaga uchradi. Jarima miqdori hozircha ochiqlanmayapti.

Kiritildi: 07:29, 22.08.2026.
O'qildi: 842 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик