Kirish Ro'yxatdan o'tish

"Manchester Yunayted"da transferlar bo‘ladimi? Kerrik javob berdi

"Manchester Yunayted"da transferlar bo‘ladimi? Kerrik javob berdi

Baho:
+ | -

"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik transfer oynasi yopilishidan oldin futbolchilarning sotilishi ehtimoli haqida fikr bildirdi.

Bugun "qizil iblislar" Premyer-liganing birinchi turida safarda "Xall Siti"ga qarshi maydonga tushadi.

"Hech kim menga transfer so‘rovi bilan murojaat qilmadi. Ammo nima bo‘lishini bilmayman, hamma narsa ham bizga bog‘liq emas. Biz faqat o‘zimiz nazorat qila oladigan narsalarga ta’sir o‘tkaza olamiz. Hozirgi tarkibimizdan mamnunman. Agar qandaydir muammolar yuzaga kelsa, ularni hal qilishga harakat qilamiz", — deya Karrikning so‘zlarini keltiradi CentreDevils.

"Manchester Yunayted" — "Xall Siti" uchrashuvi Toshkent vaqti bilan soat 16:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 09:57, 22.08.2026.
O'qildi: 1118 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик