Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

"Paxtakor" hakamlar ustidan shikoyat qildi

"Paxtakor" hakamlar ustidan shikoyat qildi

Baho:
+ | -

"Paxtakor" futbol klubi Superliga 18-turida "Surxon"ga qarshi o‘yindagi hakamlik yuzasidan rasmiy e’tiroz bildirdi.

Uchrashuvning 90+3-daqiqasida Hojimat Erkinov tomonidan kiritilgan gol VAR aralashuvidan so‘ng bekor qilingan. "Paxtakor"ning ta’kidlashicha, klub kamerasidan olingan tasvirlarda ofsayd holati mavjud emas.

Klub, shuningdek, bahsli epizodda VAR protokoli to‘g‘ri qo‘llanilganiga shubha bildirgan. Bayonotda qayd etilishicha, ehtimoliy ofsayd holatidagi futbolchi to‘pga bevosita o‘ynamagan, "Surxon" darvozaboni esa to‘pni qarshiliksiz qabul qilib, uni tepib yuborish vaqtida xatoga yo‘l qo‘ygan.

"Paxtakor" ushbu vaziyatda bosh hakam epizodni monitor orqali shaxsan ko‘rib chiqishi lozim bo‘lganini ta’kidladi.

Klub VAR xonasidagi muloqot audioyozuvlarini e’lon qilishni talab qilib, O‘zFHM va PFLdan vaziyatga oydinlik kiritishni so‘radi.

"O‘zbek futbolida adolat, ochiqlik va shaffoflikni istasak, har bir o‘yinda muhokamalarga sabab bo‘lgan holatlarning audioyozuvlari ochiqchasiga taqdim etilsin", — deyiladi klub bayonotida.

"Paxtakor" hakamlar tayinloviga ham e’tiroz bildirgan. Xususan, klub 5 yilga futboldan chetlatilgan Jasur Muxtorov hakamlikka qaytganidan keyin qisqa vaqt ichida ko‘plab uchrashuvlarga bosh hakam sifatida tayinlanganiga e’tibor qaratgan.

Shuningdek, VAR hakami Ravshan Abduvohidovning qarori ham tanqid qilinib, klub bu xato tufayli muhim ochkolardan mahrum bo‘lganini ta’kidlagan.

"Paxtakor" mas’ul tashkilotlarni hakamlarning faoliyati va saviyasini tahlil qilib, vaziyat yuzasidan ochiq bayonot berishga chaqirdi.

Kiritildi: 11:09, 22.08.2026.
O'qildi: 1409 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик