"Tottenxem"ning sobiq raisi Daniel Levining klubdagi ulushi biroz kamaydi. Bunga Lyuis oilasining klubga qo‘shimcha 100 million funt sarmoya kiritgani sabab bo‘ldi, deb xabar bermoqda The Athletic.
Levi 2025 yil sentyabrida "Tottenxem" raisi lavozimini tark etgan, ammo klubdagi yirik ulushini saqlab qolgandi. Bu yozda unga o‘z ulushini saqlab qolish uchun qo‘shimcha mablag‘ kiritish taklif qilindi, biroq u bundan foydalanmadi.
Lyuis oilasi "Tottenxem"ni nazorat qiladigan ENIC kompaniyasining klubdagi ulushi hozir 88,30 foizni tashkil etmoqda.
2022 yil mayidan buyon Lyuis oilasi "Tottenxem"ga jami 332,5 million funt sarmoya kiritdi. Bu mablag‘lar joriy transfer oynasida ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Londonliklar Sandro Tonalini 100 million, Mateus Fernandeshni 85 million va Yan-Pol van Xekkeni 52 million funtga xarid qildi. Shuningdek, klub Savio transferi bo‘yicha "Manchester Siti" bilan 75 million funtga kelishgan va Umar Marmush uchun ham muzokara olib bormoqda.













