Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing

AQSHda 18 yoshli futbolchi qiz o‘ldirildi, uning yigiti gumon qilinmoqda

AQSHda 18 yoshli futbolchi qiz o‘ldirildi, uning yigiti gumon qilinmoqda

Baho:
+ | -

Kaliforniya universitetining Pensilvaniyadagi jamoasida o‘ynagan 18 yoshli futbolchi Karolina Xayns o‘ldirildi. CBS News ma’lumotiga ko‘ra, qotillikda uning yigiti gumon qilinmoqda.

Polisiya versiyasiga ko‘ra, 19 avgust kuni Xayns va uning yigiti Roys Mozer munosabatlarini muhokama qilish uchun uchrashgan. Tergovchilar Mozer janjal vaqtida pichoq bilan qizga o‘limga olib kelgan jarohat yetkazib, keyin uning jasadini avtomobil yukxonasiga joylashtirganini taxmin qilmoqda.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, keyinchalik Mozer onasi Reycheldan yordam so‘ragan. Ular avtomobil va kiyimlardagi qon izlarini tozalashga uringanlikda gumon qilinmoqda.

Mozer tergovchilarga janjal paytida go‘yo "ichiga jin kirib", uni qizga hujum qilishga majburlaganini aytgan.

Roys va Reychelga dalillarni yo‘q qilish va jasadni tahqirlash kabi qator ayblovlar qo‘yilgan. Ular hozirda hibsda qolmoqda.

Kiritildi: 14:49, 22.08.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик