Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/10 11:00 Xitoy - O‘zbekiston
03/10 15:30 Janubiy Koreya - Yaponiya

"Shtutgart" "Galatasaroy"ning 22 million yevrolik taklifini rad etdi

"Shtutgart" "Galatasaroy"ning 22 million yevrolik taklifini rad etdi

Baho:
+ | -

"Galatasaroy" "Shtutgart"ning hujumkor yarim himoyachisi Bilol El-Xannusni sotib olish uchun taklif yubordi.

Foot Mercato ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya klubi 22 yoshli marokashlik futbolchi uchun bonuslarsiz 22 million yevro taklif qilgan. Biroq "Shtutgart" bu mablag‘ni yetarli emas deb hisoblab, taklifni rad etgan. Nemis klubi El-Xannusni taxminan 60 million yevroga baholamoqda.

Futbolchining o‘zi esa "Shtutgart"da qolishni xohlamoqda. U yangi mavsumda jamoada muhim rol o‘ynash va Chempionlar ligasida ishtirok etishni rejalashtirgan.

O‘tgan mavsumda El-Xannus Bundesligada 25 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma berdi.

Kiritildi: 14:56, 22.08.2026.
O'qildi: 598 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик