Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

"Fiorentina" "Bayer" vingerini 22 mln yevroga olmoqchi

"Fiorentina" "Bayer" vingerini 22 mln yevroga olmoqchi

Baho:
+ | -

"Fiorentina" "Bayer" vingeri Ernest Pokuni qo‘lga kiritish uchun muzokaralarni davom ettirmoqda.

Insayder Nikolo Skira ma’lumotiga ko‘ra, florensiyaliklar 22 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan 2031 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma shartlarini kelishib olgan. Endi klublar transfer formulasi va so‘nggi moliyaviy tafsilotlarni muhokama qilmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, bitimning umumiy qiymati 22 mln yevro atrofida bo‘lishi mumkin. Muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgan.

Poku "Bayer"ga 2025 yil yozida AZdan kelib qo‘shilgan. Leverkuzenliklar uning transferi uchun 10 mln yevro atrofida mablag‘ to‘lagan va futbolchi bilan 2030 yilgacha shartnoma imzolagan.

O‘tgan mavsumda tezligi bilan ajralib turadigan vinger barcha musobaqalarda 45 ta uchrashuvda 5 ta gol va 8 ta golli uzatma qayd etdi.

Kiritildi: 15:16, 22.08.2026.
O'qildi: 496 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик