«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone hujumchi Xulian Alvaresning holati haqida gapirdi.
«Har birimiz boshqa inson o‘zini qanday his qilayotganini aytishimiz juda qiyin. U katta hurmat bilan ishlamoqda. Klub bilan birgalikda tanlagan yo‘limizga nisbatan menda hech qanday shubha yo‘q.
Bizning maqsadimiz — kuchli jamoa shakllantirish. Hozir esa eng muhimi «Vilyarreal»ga qarshi o‘yin», — dedi Simeone.
Alvares 2024 yil yozida «Manchester Siti»dan «Atletiko»ga o‘tgan. Argentinalik hujumchining Madrid klubi bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.













