«Manchester Yunayted» qanot hujumchisi Amad Diallo o‘tgan hafta oxiridagi mashg‘ulot paytida yengil jarohat olgani sababli jamoaning «Xall Siti»ga qarshi bugungi Premyer-liga mavsumidagi ilk uchrashuvini o‘tkazib yuboradi.
Amad bosh murabbiy Maykl Kerrikning asosiy tarkibida maydonga tushishi kutilgandi. Biroq mashg‘ulotdagi kutilmagan jarohat tufayli u "MKM Stadium"da bo‘lib o‘tadigan o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
«Manchester Yunayted» ivuarlik futbolchining tez orada safga qaytishiga umid qilmoqda. Klub tibbiy shtabi uning tiklanish jarayonini kuzatib boradi.
Amadning yo‘qligi Kerrik uchun jiddiy yo‘qotish hisoblanadi. 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsum jamoaning o‘ng qanotida muhim rol o‘ynagan. U 2025/26 yilgi Premyer-ligada 32 ta uchrashuvda qatnashib, shularning 5 tasida zaxiradan maydonga tushgan. Diallo hisobida 2 ta gol, 3 ta golli uzatma va sheriklari uchun yaratilgan 25 ta golli vaziyat bor.













