«Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik jamoaning yakshanba kuni «Elche»ga qarshi o‘yinida hujum uchida kim maydonga tushishi haqida gapirdi.
«Albatta, kim o‘ynashini bilaman. Jamoamizda bu pozisiya uchun bir nechta variant bor. Balki ertaga syurpriz ham bo‘lishi mumkin.
Hamza — “9lik” pozisiyasida o‘ynaydigan, yosh va katta salohiyatga ega futbolchi. U gollar urgan va mavsumoldi yig‘inlarida ajoyib ishladi», — dedi Flik.













