Italiya A Seriyasining 1-turidan o‘rin olgan "Inter" — "Monsa" uchrashuvi uchun jamoalarning boshlang‘ich tarkiblari ma’lum bo‘ldi.
Bahs 22 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.
"Inter": Jozep Martines, Bastoni, Akandji, Bissek, Dimarko, Zelinski, Barella, Chalhanog‘lu, Andi Diuf, Lautaro Martines, Franchesko Pio Espozito.
"Monsa": Pissinyakko, Birindelli, Lukkezi, Bakune, Fo-Ondoa, Karboni, Kuadio, Mangash, Matis Mut, Kolpani, Gushtavu Varela.
"Inter" uchrashuvni 3-5-2 taktik sxemasida boshlaydi. Hujum chizig‘ida Lautaro Martines va Franchesko Pio Espozito juftligi harakat qiladi.













