"Xall Siti" Angliya Premyer-ligasiga qaytishini tarixiy g‘alaba bilan boshladi. "Yo‘lbarslar" 1-turda o‘z maydonida "Manchester Yunayted"ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Semi Adjayi va Nobel Mendi kiritgan gollar mezbonlarga uch ochko keltirdi.
Bu "Xall Siti"ning "Manchester Yunayted" ustidan chempionat doirasidagi 52 yildan buyon ilk g‘alabasi bo‘ldi. Jamoa mankunianliklarni ligada so‘nggi marta 1974 yilda mag‘lub etgan edi. Qizig‘i, o‘sha uchrashuv ham 2:0 hisobida yakunlangan. O‘sha paytda ikki klub Angliyaning ikkinchi divizionida ishtirok etgan.
Shu tariqa, "Xall Siti" Premyer-ligada "Manchester Yunayted"ni o‘z tarixida ilk bor mag‘lub etdi. Jamoa elitaga qaytganidan keyingi birinchi o‘yindayoq tarixiy natija qayd etdi.
"Manchester Yunayted" esa Angliya chempioni bo‘lganiga 13 yil bo‘ldi. Mankunianliklar so‘nggi marta 2012/13 yilgi mavsumda Aleks Fergyuson qo‘l ostida Premyer-liga g‘olibligini qo‘lga kiritgan.













