Ispaniyalik taniqli mutaxassis Rafael Benites «Milan»dagi yettinchi mavsumini o‘tkazayotgan Rafael Leauning kelajagi haqida fikr bildirdi.
So‘nggi vaqtlarda portugaliyalik futbolchining klubdagi maqomidan norozi ekani va jamoani tark etish istagi borligi haqida xabarlar tarqalmoqda. Benitesning fikricha, Leauning kelajagi «Milan» bilan bog‘liq asosiy masalalardan biri bo‘lib turibdi.
«Asosiy savol Rafael Leau bilan bog‘liq: keyin nima bo‘ladi, u qoladimi yoki ketadimi? Bu masala tahlildagi e’tiborni biroz boshqa tomonga burmoqda. Biroq gap Sakki va Kapello tufayli jahon futboli tarixidan joy olgan klub haqida ketmoqda. O‘sha davrdan ayrim izlar va muayyan an’analar hali ham saqlanib qolgan», — dedi Benites.
«Milan» yangi A Seriya mavsumidagi ilk uchrashuvini «Torino»ga qarshi o‘tkazadi.













