Kirish Ro'yxatdan o'tish

Jorjinyo Veynaldum MLS klubi bilan muzokara o‘tkazdi

Jorjinyo Veynaldum MLS klubi bilan muzokara o‘tkazdi

Baho:
+ | -

«Liverpul»ning sobiq yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum «Real Solt-Leyk» klubiga ehtimoliy transfer masalasida muzokara o‘tkazdi. Bu haqda The Athletic xabar berdi.

35 yoshli niderlandiyalik futbolchi AQSH klubida ijobiy taassurot qoldirgan. Veynaldumning o‘zi ham faoliyatini MLSda davom ettirishga qarshi emas. Shunga qaramay, hozircha tomonlar o‘rtasida kelishuvga erishishga ancha bor.

Veynaldum qariyb uch mavsum davomida harakat qilgan «Al-Ittifoq» klubini tark etgach, erkin agent maqomida bo‘lib turibdi. U faoliyati davomida «Feyenoord», PSV, «Nyukasl», «Liverpul», «PSJ» va «Roma» klublari sharafini ham himoya qilgan.

«Real Solt-Leyk» qanot hujumchisi Zavyer Gozoni qariyb 15 million dollar evaziga «Kristal Pelas»ga sotganidan keyin tarkibini kuchaytirishni rejalashtirmoqda. Bu transfer Amerika klubi tarixidagi rekord savdo bo‘ldi.

MLSda yozgi transfer oynasi 2 sentyabr kuni yopiladi.

Kiritildi: 03:03, 23.08.2026.
O'qildi: 488 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик