«Liverpul» markaziy himoyachisi Virjil van Deyk Muhammad Salohning jamoadan ketishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
Misrlik hujumchi 2017 yil yozidan buyon «qizillar» sharafini himoya qilib kelayotgandi. O‘tgan mavsum yakunida u erkin agentga aylandi va keyinchalik Turkiyaning «Trabzonspor» klubi bilan shartnoma imzoladi.
«Hech narsa abadiy emas. Muhammad haqida ko‘p gapirilishiga u to‘liq loyiq. Klub uchun shuncha ish qilgan futbolchining o‘rnini qachondir to‘ldirish mumkin, deb o‘ylamayman. Futbolning o‘ziga xosligi ham shunda», — dedi mersisaydliklar sardori Men in Blazers bilan suhbatda.
Muhammad Saloh «Liverpul» safida to‘qqiz yil davomida 442 ta uchrashuvda maydonga tushib, 257 ta gol urdi va 123 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













