Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Valensiya» afsonaviy «Mestalya»dagi so‘nggi mavsumini boshladi

«Valensiya» afsonaviy «Mestalya»dagi so‘nggi mavsumini boshladi

Baho:
+ | -

Ispaniyaning «Valensiya» klubi o‘zining afsonaviy uy stadioni — «Mestalya» bilan xayrlashmoqda. Jamoa mazkur arenadagi so‘nggi mavsumini o‘tkazyapti. Joriy yilda stadion ochilganiga roppa-rosa 100 yil to‘ldi.

Shanba oqshomida «Valensiya» «Mestalya»dagi so‘nggi 19 ta uchrashuvining birinchisini o‘tkazdi. Vigoning «Selta» klubiga qarshi kechgan bahs 0:0 hisobida yakunlandi. Bu Ispaniya chempionatida kamdan kam uchraydigan natijalardan biridir.

Marca ma’lumotiga ko‘ra, «Valensiya» muxlislari «Mestalya» bilan xayrlashuv mavsumiga katta qiziqish bildirmoqda. Joriy mavsumda sotilgan abonementlar soni bo‘yicha klub rekordi yangilandi — ko‘rsatkich allaqachon 40 mingdan oshdi.

Endi «ko‘rshapalaklar»ning o‘zi ham chempionat masofasini munosib tarzda «uchib o‘tishi» kerak.

Kiritildi: 08:15, 23.08.2026.
O'qildi: 292 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик