Fransiya vise-chempioni, shuningdek, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi «Lans» yangi mavsumni o‘z mavqeiga munosib tarzda boshladi. Jamoa «Oser» darvozasiga javobsiz beshta gol urdi.
Bu «Lans»ning XXI asrda Fransiya chempionatining dastlabki turida qozongan eng yirik g‘alabasi bo‘ldi.
Shuningdek, «konchilar» 1958 yildan buyon ilk marta chempionatdagi dastlabki uchrashuvida kamida beshta gol urdi. O‘shanda jamoa «Strasburg» darvozasini olti marta ishg‘ol qilgandi.
Qizig‘i, «Lans» Liga 1dagi keyingi uchrashuvini aynan «Strasburg»ga qarshi o‘tkazadi. Bahs kelasi hafta oxirida raqib maydonida bo‘lib o‘tadi.













