Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/08 00:00 Valensiya 0-1 Betis
26/08 19:00 Lokomotiv 4-1 Bunyodkor
26/08 19:00 Mash’al 0-2 Navbahor
26/08 20:00 Qizilqum 1-0 Nasaf
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

O’Rayli Mareska qo‘l ostida qaysi pozisiyada o‘ynashga tayyorligini aytdi

O’Rayli Mareska qo‘l ostida qaysi pozisiyada o‘ynashga tayyorligini aytdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti"ning chap qanot himoyachisi Niko O’Rayli yangi bosh murabbiy Enso Mareska qo‘l ostida maydonda qanday vazifani bajarishga tayyor ekani haqida gapirdi.

"Shaharliklar"ning sobiq bosh murabbiyi Xosep Gvardiola yosh tarbiyalanuvchidan maydonning chap qanoti va markazidagi deyarli barcha pozisiyalarda foydalangan.

"Men Mareska bilan gaplashdim va unga istalgan pozisiyada o‘ynashga tayyor ekanimni aytdim. Men moslasha olaman — qanot himoyachisi ham, yarim himoyachi ham bo‘lib o‘ynay olaman. Yangi sinovlarni intiqlik bilan kutyapman va maydonga tushishni xohlayman. Murabbiy meni qayerga qo‘ymasin, hech qanday muammosiz o‘sha pozisiyada o‘ynayman", — deya O’Raylining so‘zlarini keltiradi City Xtra.

Enso Mareska iyun oyi oxirida Xosep Gvardiola o‘rnini egallab, "Manchester Siti" bosh murabbiyiga aylangan.

Niko O’Rayli "Manchester Siti" safida hozirga qadar 75 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urgan va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 11:19, 23.08.2026.
O'qildi: 820 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик