"Manchester Yunayted" himoyachisi Lyuk Shou Angliya Premyer-ligasining birinchi turida "Xall Siti"dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng o‘z fikrlarini ochiq bayon qildi.
Shanba kuni "qizil iblislar" elita divizioniga yangi chiqqan "Xall Siti" maydonida kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
"Eshiting, avvalo shuni aytamanki, bu yerda hech qanday bahona bo‘lishi mumkin emas. Mavsum endi boshlandi, ko‘pchilik hali optimal formaga kirib ulgurmagan, ammo bu hech qachon bahona bo‘la olmaydi. "Xall Siti"ga hurmatni saqlagan holda aytaman, "Manchester Yunayted" bu yerga kelib, g‘alaba qozonishi shart", — dedi Shou Stan Sport Football nashriga bergan intervyusida.
O‘tgan mavsumda Maykl Kerrik boshchiligidagi "Manchester Yunayted" Premyer-ligada uchinchi o‘rinni egallagan. "Xall Siti" esa Chempionshipni oltinchi pog‘onada yakunlab, pley-offdagi g‘alabasi orqali Premyer-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan.













