Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

Flik Baldeni «Elche»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi

Flik Baldeni «Elche»ga qarshi o‘yin qaydnomasiga kiritmadi

Baho:
+ | -

«Barselona» yakshanba kuni kechqurun La Liga doirasida safarda «Elche»ga qarshi maydonga tushadi. Kataloniya klubi uchrashuv uchun qaydnomasini e’lon qildi va undan himoyachi Alexandro Balde joy olmadi.

Jurnalist Jerar Romeroning ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qilishicha, Balde jamoa bilan o‘yinga yo‘l olishga tayyor edi. Biroq bosh murabbiy Xans-Diter Flik bir kun avval futbolchiga uning uchrashuv qaydnomasiga kiritilmasligini ma’lum qilgan. Bu nemis mutaxassisining qarori bo‘lgan.

Avvalroq OAVda 22 yoshli Balde yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar «Barselona»ni tark etishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Transfermarkt portali ispaniyalik himoyachining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

«Elche» — «Barselona» uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 25 avgustga o‘tar kechasi soat 00:30 da boshlanadi.

Kiritildi: 16:43, 23.08.2026.
O'qildi: 737 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик