Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 2-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

«Milan» Ruben Diash transferiga qiziqish bildirmoqda

«Milan» Ruben Diash transferiga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Milan» «Manchester Siti» markaziy himoyachisi Ruben Diashni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Portugaliyalik futbolchi «rossonerilar»ning himoya markazini kuchaytirish uchun nomzodlaridan biri hisoblanadi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Milan» hozircha 29 yoshli futbolchi uchun rasmiy taklif yubormagan. Shuningdek, klub Diashning o‘zi bilan ham shaxsiy shartnoma borasida kelishuvga erishmagan.

Portugaliyalik himoyachining «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilga qadar mo‘ljallangan. Shu sababli transferni amalga oshirish oson bo‘lmasligi kutilmoqda. Hozircha «Milan» tomonidan rasmiy taklif yuborilmagani ham qayd etilgan.

Diash o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 33 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 4 ta sariq kartochka oldi.

Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 16:44, 23.08.2026.
O'qildi: 425 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик