Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/08 19:00 Neftchi 3-0 So‘g‘diyona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 - Buxoro

«Barselona» Inasiu transferi bo‘yicha «Sporting» bilan muzokara olib bormoqda

«Barselona» Inasiu transferi bo‘yicha «Sporting» bilan muzokara olib bormoqda

Baho:
+ | -

«Barselona» himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida Lissabonning «Sporting» klubi markaziy himoyachisi Gonsalu Inasiuni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Fabrisio Romano ispaniyalik Sport nashri ma’lumotlariga tayanib xabar berishicha, kataloniyaliklar 24 yoshli portugaliyalik futbolchining ehtimoliy transferi yuzasidan «Sporting» bilan muzokara olib bormoqda. Inasiu avval ham Yevropaning bir qator top-klublari, jumladan «Barselona» bilan bog‘langan.

E’tiborlisi, Inasiu shanba kuni «Sporting»ning «Alverka»ga qarshi uchrashuvida maydonga tushmadi va 90 daqiqani zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Bu holat futbolchining kelajagi bo‘yicha muzokaralar ketayotgani bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Transfermarkt portali Gonsalu Inasiuning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Inasiu joriy yozda Portugaliya terma jamoasi bilan JCH-2026da ishtirok etdi. Biroq himoyachi musobaqa davomida biror marta maydonga tushmadi.

Kiritildi: 17:05, 23.08.2026.
O'qildi: 1124 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик