Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Liverpul» JCH-2026da 4 ta gol urgan futbolchiga qiziqmoqda

«Liverpul» JCH-2026da 4 ta gol urgan futbolchiga qiziqmoqda

Baho:
+ | -

«Liverpul» Senegal terma jamoasi va «Kristal Pelas» vingeri Ismoila Sarrga qiziqish bildirmoqda. Mersisaydliklar 28 yoshli futbolchi uchun «Galatasaroy» bilan raqobatlashishi mumkin. Turkiya klubi bosh murabbiyi Sarrni o‘z jamoasida ko‘rishni juda istamoqda. Bu haqda jurnalist Nevzat Dindar X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Kristal Pelas» futbolchini sotishni istamayapti, ammo Sarrning o‘zi «burgutlar» safini tark etish niyatida.

Sarr JCH-2026da Senegal terma jamoasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Hujumchi musobaqada 4 ta uchrashuv o‘tkazib, 4 ta gol urdi.

O‘tgan mavsumda Sarr «Kristal Pelas» safida barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda ishtirok etib, 21 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Futbolchining «Kristal Pelas» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotiga ko‘ra, Sarrning bozor qiymati 45 million yevroni tashkil etadi.

Kiritildi: 17:16, 23.08.2026.
O'qildi: 1873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик