Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy - BAA
23/09 10:30 Eron - KXDR
23/09 15:30 Yaponiya - Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston - Gonkong

Eron chempionati. "Istiqlol" "Sepaxon"ni yengdi, Ashurmatov to‘liq o‘ynadi

Eron chempionati. "Istiqlol" "Sepaxon"ni yengdi, Ashurmatov to‘liq o‘ynadi

Baho:
+ | -

Eron Pro-ligasida “Istiqlol”ning g‘alabali yurishi davom etmoqda. Tehron klubi 3-turda o‘z maydonida “Sepaxon”ni qabul qilib, 2:0 hisobida ustun keldi.

Mezbonlar uchrashuv taqdirini dastlabki 11 daqiqadayoq hal qilib qo‘ydi. 4-daqiqada Yasir Asani hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqada Ismaili Galizada “Istiqlol”ning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqt davomida hisob o‘zgarmadi.

O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov “Istiqlol”ning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Jaloliddin Masharipov esa bu safar zaxirada qoldi va maydonga tushirilmadi.

Ushbu g‘alaba orqali “Istiqlol” mavsum startidagi mukammal natijasini saqlab qoldi. Tehronliklar dastlabki uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan Pro-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:29, 23.08.2026.
O'qildi: 1638 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик