Germaniya terma jamoasining sobiq himoyachisi Mats Xummels "Liverpul" yarim himoyachisi Florian Virsning Angliya Premyer-ligasida muvaffaqiyatli mavsum o‘tkazishiga ishonmoqda.
"Nyukasl"ga qarshi 1-tur uchrashuvi arafasida Xummels ijtimoiy tarmoqlarda Virs haqida shunday fikr bildirdi:
"Bu mavsumda Virs chempionatda 25 tadan ortiq samarali harakat qayd etadi. Hatto 30 tadan ham ko‘proq, derdim".
Virs "Bayer"dan "Liverpul"ga 125 million yevro evaziga o‘tganidan keyingi debyut mavsumida APLda 33 ta o‘yinda 5 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Bundesligada esa uning ko‘rsatkichlari ancha yuqori bo‘lgan. 2023/24 yilgi mavsumda Virs 11 ta gol va 12 ta assist bilan jami 23 ta samarali harakat qayd etgan. Keyingi mavsumda ham u xuddi shu natijani takrorlab, 10 ta gol va 13 ta golli uzatma amalga oshirgan.
Agar Virs Xummelsning prognozini amalga oshirsa, u APL tarixidagi nemis futbolchilari orasida yangi rekord o‘rnatishi mumkin. Hozirda eng yaxshi natija Yurgen Klinsmannga tegishli — u 1994/95 yilgi mavsumda "Tottenxem" safida 20 ta gol urgan va 11 ta golli uzatma bergan.













