"Nyukasl" bosh murabbiyi Mattias Yayssle jamoa himoyachisi Lyuis Xollning yozgi transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o‘tishiga yo‘l qo‘yilmasligini bildirdi.
21 yoshli chap qanot himoyachisi bir muddatdan buyon "qizil iblislar" qiziqish doirasida bo‘lib kelmoqda. "Manchester Yunayted"ning sobiq darvozaboni Peter Shmeyxel "Liverpul"ga qarshi uchrashuvdan keyingi intervyuda bu masalani Yaysslega eslatdi.
"Biz sizning chap qanot himoyachingizga qiziqyapmiz", — dedi Shmeyxel.
"Hech qanday imkoniyat yo‘q. Hech qanday imkoniyat yo‘q", — deya kulgan holda javob qaytardi Yayssle.
"Nyukasl" APLning 1-turida o‘z maydonida "Liverpul" bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Xoll ushbu bahsni asosiy tarkibda boshladi.
Avvalroq esa Xollning o‘zi "Manchester Yunayted"ga o‘tish istagida ekani haqida xabarlar tarqalgandi. Shunga qaramay, "Nyukasl" rahbariyati himoyachini jamoada saqlab qolish niyatida.













