"Bavariya" futbolchisi Brayan Saragosa yana La Ligaga qaytadi. 24 yoshli vingerni o‘z safiga qo‘shib olish bo‘yicha kelishuvni "Espanyol" yakunlamoqda. "To‘tiqushlar" ispaniyalik futbolchini sotib olish imkoniyati bilan ijaraga oladi, deya xabar berdi insayder Fabrisio Romano. Futbolchining o‘zi ham transferga rozilik bergan.
Brayan Saragosa o‘tgan mavsumning birinchi yarmini "Selta"da ijara asosida o‘tkazdi, mavsumning ikkinchi qismida esa Italiyaning "Roma" klubida ham ijara asosida to‘p tepdi. Futbolchining "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning o‘rtalariga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning transfer qiymatini 8 million yevroga baholamoqda.
"Espanyol" La Ligadagi mavsumni "Levante" ustidan 3:0 hisobidagi g‘alaba va Madridning "Real" klubiga qarshi 1:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan boshladi.













