"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti Italiya chempionati 1-turida "Frozinone"ga qarshi o‘tkazilgan uchrashuvni sarhisob qildi. O‘yin "keksa sinyora"ning 1:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
"Jamoa o‘ziga xos o‘yin uslubiga ega ekanini ko‘rsatishini istardim. U buni namoyish qildi, ammo ayrim vaziyatlarda juda bo‘sh harakat qilyapmiz va bizga kerakli qat’iyat yetishmayapti. Buning ustida ishlash kerak", — deya murabbiyning so‘zlarini keltiradi jurnalist Janluka Di Marsio sayti.
"Frozinone" — kuchli jamoa. Ularning murabbiyi futbolchilarga har qanday raqibga qarshi dadil borish kerakligiga ishonch bergan. Ular uchun o‘yinni nazorat qilishdan ko‘ra gol urish osonroq, chunki ular shaxsiy qo‘riqlash asosida o‘ynaydi. Agar qo‘riqlashdan chiqib keta olsang, erkinlik paydo bo‘ladi. Hammasi sen erkin bo‘lishni xohlaysanmi yoki asir bo‘lishnimi — shunga bog‘liq. Biz esa ba’zan erkin bo‘lganimizda ham asir bo‘lishni xohlaymiz".
"Yangi hujumchi? Boshqacha xususiyatlarga ega kimdir. Bugun bo‘sh hududlar hatto juda ko‘p edi, ammo biz ulardan foydalana olmadik. Agar raqiblar yopiq o‘ynasa, bosh bilan gol urish osonroq".
Spalletti jamoasi keyingi uchrashuvini 29 avgust kuni "Parma"ga qarshi o‘tkazadi.













