Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/08 00:00 Real Madrid 4-1 Real Sosyedad
28/08 00:00 Barselona - Atletik Bilbao

Ferran Torres «PSJ»dagi debyutida tarixiy natija qayd etdi

Ferran Torres «PSJ»dagi debyutida tarixiy natija qayd etdi

Baho:
+ | -

«PSJ» Fransiya chempionatining yangi mavsumidagi ilk uchrashuvida «Renn» bilan 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Parijliklar birinchi bo‘limdan keyin 0:2 hisobida ortda borayotgandi, ammo ikkinchi bo‘limda Ferran Torresning dubli evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qoldi.

Ispaniyalik futbolchi «PSJ» safidagi ilk rasmiy uchrashuvidayoq ikkita gol urib, klub tarixidan joy oldi. Torres parijliklar safidagi debyut o‘yinida dubl qayd etgan uchinchi futbolchiga aylandi.

Bunday natijani birinchi bo‘lib 1994 yilda Patrik Mboma qayd etgan. U Chempionlar ligasi saralash bosqichida Vengriyaning «Vas» klubiga qarshi debyut uchrashuvida ikkita gol urgan.

2012 yilda esa Zlatan Ibragimovich «PSJ»dagi ilk rasmiy o‘yinida «Loryan» darvozasini ikki bor ishg‘ol qilib, Mbomaning natijasini takrorlagan.

Endi Ferran Torres ham ushbu ro‘yxatdan joy oldi. «Renn»ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushgan ispaniyalik futbolchi 71 va 83-daqiqalarda gol urib, «PSJ»ga bir ochko keltirdi. 

Kiritildi: 08:21, 24.08.2026.
O'qildi: 1944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик