«Nyukasl» vingeri Entoni Elanga Angliya Premyer-ligasida «Liverpul»ga qarshi kechgan uchrashuvdan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Tomonlar ikkitadan gol urib, 2:2 hisobida durang qayd etdi.
«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi uchrashuv natijasidan keyin unda aralash hissiyotlar qolganini tan oldi.
«Hissiyotlarim aralash. Biz yaxshi o‘yin o‘tkazdik. Ammo so‘nggi soniyalarda aynan shunday tarzda gol o‘tkazib yuborganimizdan xafamiz. Bu uchrashuvdagi ijobiy jihatlarni olib, ulardan keyingi o‘yinda foydalanishimiz muhim», — dedi Elanga BBC Sport'ga.
Angliya chempionatining navbatdagi turida «Nyukasl» ilk turni omadsiz o‘tkazgan «Tottenxem»ga qarshi maydonga tushadi.













