Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Altobelli Skudetto uchun kurashadigan to‘rt jamoani sanadi

Altobelli Skudetto uchun kurashadigan to‘rt jamoani sanadi

Baho:
+ | -

«Inter» va Italiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Alessandro Altobelli yangi mavsumda Skudetto uchun kurash haqida o‘z fikrini bildirdi. Uning nazarida, «Inter» A Seriya chempionligi uchun asosiy favorit hisoblanadi.

«Qog‘ozda «Inter» eng muvozanatli jamoa bo‘lib ko‘rinmoqda, ammo «Yuventus» va «Milan»dan ehtiyot bo‘lish kerak. Allegri boshchiligidagi «Napoli»ni ham e’tibordan chetda qoldirmaslik lozim. Gasperini Rimda o‘zi istagan transfer kampaniyasini o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo menimcha, uning asosiy maqsadi kuchli to‘rtlikdan joy olish bo‘ladi», — dedi Altobelli.

Shu tariqa, Altobelli chempionlik uchun asosiy da’vogarlar qatoriga «Inter», «Yuventus», «Milan» va «Napoli»ni kiritdi.

Qayd etish joiz, Altobelli tilga olgan jamoalar orasida «Inter», «Napoli» va «Milan» so‘nggi besh mavsumda Italiya chempionligini qo‘lga kiritgan: «Inter» va «Napoli» ikki martadan, «Milan» esa bir marta Skudetto sohibi bo‘lgan.

Kiritildi: 08:28, 24.08.2026.
O'qildi: 605 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик