Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Sarri «Atalanta» bosh murabbiyi sifatidagi ilk g‘alabasiga baho berdi

Sarri «Atalanta» bosh murabbiyi sifatidagi ilk g‘alabasiga baho berdi

Baho:
+ | -

«Atalanta» bosh murabbiyi Maurisio Sarri Italiya A Seriyasining 1-turida «Sassuolo» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani sharhladi.

«G‘alaba har doim muhim. Dastlabki 30 daqiqa davomida diqqatimizni yo‘qotmadik va raqibga deyarli hech qanday imkoniyat bermadik. Ammo keyinchalik himoyada qiyinchiliklarga duch kela boshladik.

Biz, avvalo, yangi futbolchilar bilan ishlashimiz kerak. Jahon chempionati sabab jamoaga kech qo‘shilgan o‘yinchilarni ham shu qatorga kiritaman. Bu muayyan vaqt talab qiladigan jarayon va uning qanday kechishini ko‘ramiz.

Yarimhimoya chizig‘i 90 daqiqa davomida juda yaxshi ishladi, ammo dastlabki 30 daqiqadan keyin haddan tashqari passivlashib qoldik. Qanot futbolchilari avvalgi o‘yinga qaraganda yaxshiroq harakat qildi, Zalevski ham ko‘proq tashabbus ko‘rsatdi.

Hujumda xavfliroq bo‘ldik. Ammo juda chuqur himoyalanib, passiv harakat qila boshlasangiz, bu muammoga aylanadi. Ba’zan men xohlagan darajada yuqori pressing qo‘llash biz uchun qiyin bo‘lmoqda.

Juda chuqur himoyalanganimizda passivlashib qolyapmiz. Vaholanki, himoyadan hujumga o‘tishda yaxshiroq harakat qilishimiz kerak», — dedi italiyalik mutaxassis matbuot anjumanida.

Qayd etish joiz, bu «Atalanta»ning Sarri boshchiligida A Seriyadagi ilk uchrashuvi bo‘ldi.

Kiritildi: 08:52, 24.08.2026.
O'qildi: 663 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик