Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Sherki APLda assistlar bo‘yicha barchadan o‘zib ketdi

Sherki APLda assistlar bo‘yicha barchadan o‘zib ketdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Rayan Sherki Angliya Premyer-ligasining 1-turida "Bornmut"ga qarshi bahsda zaxiradan maydonga tushib, ikkita golli uzatma berdi.

Fransiyalik futbolchi jamoasi 0:1 hisobida ortda borayotgan bir paytda ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi va uchrashuv taqdirini o‘zgartirib yubordi. 84-daqiqada uning uzatmasidan so‘ng Mark Gexi hisobni tenglashtirdi. Kompensasiya vaqtida esa Yoshko Gvardiol Sherkining yana bir uzatmasini golga aylantirib, "shaharliklar"ga 2:1 hisobidagi irodali g‘alabani taqdim etdi.

Shu tariqa, Sherki o‘tgan mavsum boshidan buyon APLda ochiq o‘yindan 12 ta golli uzatma amalga oshirdi. Bu mazkur davrda liganing boshqa barcha futbolchilaridan yaxshiroq natija hisoblanadi.

Kiritildi: 10:25, 24.08.2026.
O'qildi: 650 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик