Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

Nevill «Liverpul» haqida: «Ularda balans bilan bog‘liq muammo bor, Isak va Virts esa natija ko‘rsatishni boshlashi kerak»

Nevill «Liverpul» haqida: «Ularda balans bilan bog‘liq muammo bor, Isak va Virts esa natija ko‘rsatishni boshlashi kerak»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq himoyachisi Gari Nevill Premyer-liganing 1-turida «Liverpul» ko‘rsatgan o‘yinga baho berdi. Eslatib o‘tamiz, «qizillar» «Nyukasl»ga qarshi kechgan bahsda (2:2) qo‘shib berilgan daqiqalarda penalti evaziga mag‘lubiyatdan qutulib qolgandi.

«Aytish mumkinki, «Liverpul» bu o‘yinda bir ochkoga loyiq emas edi deb bo‘lmaydi, chunki ular ko‘plab vaziyatlar yaratishdi. O‘yin so‘ngidagi natijadan ular mamnun bo‘lishar, lekin yuqori sovrinlar uchun kurashayotgan jamoalar bilan solishtirsak, «Biz hali ko‘p ishlashimiz kerak», degan fikrga borishlari aniq. Menimcha, ular hozircha chempionlik uchun kurasha oladigan darajaga yaqin ham emas», — dedi Nevill Sky Sports nashridagi podkastida.

Shuningdek, u jamoaning taktik balansi va yangi futbolchilari haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«Agar siz ikki qanot himoyachisi bilan oldinga o‘tib o‘ynamoqchi bo‘lsangiz, sizda ikkita muhtasham markaziy himoyachi va raqib qarshi hujumlarini to‘xtatib qola oladigan ikki nafar kuchli tayanch yarim himoyachisi bo‘lishi kerak. Buning o‘rnini to‘ldirish shart. «Liverpul» yarim himoyachilari o‘z vazifalarini yetarlicha bajara olmayapti, ko‘pincha hujumga o‘tib ketib, markazni bo‘sh qoldirishmoqda. O‘ylaymanki, bu jamoaning balansi bilan bog‘liq haqiqiy muammo.

«Liverpul» uchun yana bir muhim jihat — intizorlik bilan kutilayotgan Isak va Virts masalasi. Ularga endi natija ko‘rsatishni boshlash va o‘z o‘yinini yaxshilash vaqti keldi. Biz ularga nisbatan ancha yumshoq munosabatda bo‘ldik, ammo endi inkor etib bo‘lmaydigan haqiqatni ko‘rsatish vaqti keldi», — deya qo‘shimcha qildi ekspert.

Kiritildi: 15:43, 24.08.2026.
O'qildi: 655 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик