Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro

«Barselona» muxlislarga nisbatan polisiya harakatlarini qoraladi

«Barselona» muxlislarga nisbatan polisiya harakatlarini qoraladi

Baho:
+ | -

«Barselona» «Elche»ga qarshi safar uchrashuvi oldidan «Martines Valero» stadioni atrofida muxlislarga nisbatan polisiya tomonidan kuch ishlatilganini qoralab, rasmiy bayonot berdi.

Ma’lum qilinishicha, o‘yin oldidan polisiya xodimlari «Barselona»ning ayrim muxlislarini qo‘lga olgan va ulardan Kataloniya mustaqilligini qo‘llab-quvvatlash ramzi hisoblangan «estelada» bayroqlarini musodara qilgan. Qo‘lga olish jarayonida muxlislardan biriga nisbatan kuch ishlatilgani xabar qilindi.

«"Barselona" klub a’zolari va muxlislariga nisbatan nomutanosib kuch ishlatilganini qoralaydi. Xususan, muxlislarimizdan birini qo‘lga olish jarayonida qo‘llangan choralar nomutanosib, kuch ishlatilishi esa asossiz va noo‘rin bo‘lgan, deb hisoblaymiz», — deyiladi klub bayonotida.

Kataloniyaliklar qo‘lga olingan muxlis va uning oilasiga zarur yordam ko‘rsatishga tayyorligini bildirgan.

Shuningdek, klub polisiya tomonidan «estelada» bayroqlarining musodara qilinganidan norozilik bildirib, ushbu ramzni namoyish etish fikr bildirish erkinligining qonuniy ko‘rinishi ekanini ta’kidladi.

«Barselona» voqea yuzasidan tegishli tushuntirishlarni kutayotganini va o‘z a’zolari hamda muxlislarining huquqlarini himoya qilish uchun zarur choralarni ko‘rish huquqini saqlab qolishini ma’lum qildi.

Kiritildi: 16:32, 24.08.2026.
O'qildi: 553 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик