"Arsenal" Angliya Premyer-ligasida ketma-ket ikkinchi bor chempion bo‘lish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega. Bu fikrni sobiq taniqli futbolchi Gari Nevill bildirdi.
"Hozir "Arsenal" o‘zini juda ishonchli his qiladi. Men hech qachon bunchalik ishonch bilan gapirmaganman. Albatta, mavsum oxiriga kelib sharmanda bo‘lib qolishim ham mumkin. Ammo birinchi o‘yindan keyin biz Angliya chempioni bo‘ladigan jamoani ko‘rayotganimizga mutlaqo ishonchim komil", — dedi Nevill.
Yangi mavsumning ilk uchrashuvida Mikel Arteta shogirdlari elita divizioni debyutanti "Koventri"ni ishonchli tarzda 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ikkinchi turda "kanonirlar" safarda "Aston Villa"ga qarshi maydonga tushadi.













