Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Romano Di Gregorioning "Bornmut"ga ijarasidagi qiziq bandni oshkor qildi

Romano Di Gregorioning "Bornmut"ga ijarasidagi qiziq bandni oshkor qildi

Baho:
+ | -

Fabrisio Romano "Yuventus" darvozaboni Mikele Di Gregorioning "Bornmut"ga ijara asosida o‘tishi bo‘yicha yangi tafsilotlarni ma’lum qildi.

Insayderning xabar berishicha, darvozabonning ijara shartnomasida tovon puli to‘lashni nazarda tutuvchi maxsus band mavjud. Agar "Bornmut" 2027 yil iyun oyida Di Gregorioni 14 million yevroga sotib olish huquqidan foydalanmasa, Angliya klubi "Yuventus"ga 1,5 million yevro tovon puli to‘lashi kerak bo‘ladi.

Transferga oid barcha hujjatlar allaqachon imzolangan.

O‘tgan mavsumda 29 yoshli italiyalik darvozabon 37 ta uchrashuvda maydonga tushdi. U shulardan 16 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi va jami 36 ta gol o‘tkazib yubordi.

Kiritildi: 20:56, 24.08.2026.
O'qildi: 1074 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик