Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Superliga. "Dinamo" — "Paxtakor" uchrashuvi prevyusi

Superliga. "Dinamo" — "Paxtakor" uchrashuvi prevyusi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston Superligasining 19-turida "Paxtakor" Samarqandda "Dinamo" mehmoni bo‘ladi.

Jamoalar O‘zbekiston chempionatlari tarixida shu kunga qadar 55 marta o‘zaro to‘qnash kelishgan. Ushbu uchrashuvlarning 41 tasida "Paxtakor" g‘alaba qozongan, 7 ta bahs durang bilan yakunlangan va yana 7 ta o‘yinda "Dinamo"ning qo‘li baland kelgan.

"Sherlar" o‘zaro uchrashuvlarda raqib darvozasiga 113 ta gol urgan va o‘z darvozasidan 33 ta to‘p o‘tkazib yuborgan. "Paxtakor"ning "Dinamo" ustidan qozongan eng yirik g‘alabasi 6:0 hisobida qayd etilgan.

Samarqandda o‘tkazilgan o‘zaro bahslarda ham "Paxtakor" ustunlikka ega. "Sherlar" bu yerda 16 marta g‘alaba qozongan, 7 ta uchrashuvda durang o‘ynagan va 4 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Bo‘lajak uchrashuvda "Paxtakor"ga Zaid Tahsin yordam bera olmaydi. Futbolchi diskvalifikasiya sababli bahsni o‘tkazib yuboradi.

"Dinamo" va "Paxtakor" o‘rtasidagi uchrashuv 25 avgust kuni Samarqanddagi "Dinamo" stadionida bo‘lib o‘tadi. Bahs soat 20:00 da boshlanadi.

Kiritildi: 21:06, 24.08.2026.
O'qildi: 703 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик