Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Nottingem Forest» «Chelsi» hujumchisini sotib olishga yaqin

«Nottingem Forest» «Chelsi» hujumchisini sotib olishga yaqin

Baho:
+ | -

«Nottingem Forest» «Chelsi» hujumchisi Liam Delapni o‘z safiga qo‘shib olish ustida ish olib bormoqda.

Insayder Florian Plettenberg ma’lumotiga ko‘ra, klublar transfer shartlari bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi va muzokaralar hal qiluvchi bosqichga kirgan.

«Nottingem Forest» hali 23 yoshli futbolchining o‘zi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olmagan. Biroq klub Delapning talablaridan xabardor va ularni qondirishda muammo bo‘lmasligiga ishonmoqda.

Agar muzokaralar rejadagidek davom etsa, hujumchi yaqin vaqt ichida tibbiy ko‘rikdan o‘tib, transferni yakunlashi mumkin.

«Chelsi» Delapni o‘tgan yili «Ipsvich»dan 35,5 million yevro evaziga xarid qilgan edi. Transfermarkt hozirda futbolchining bozor qiymatini 28 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:01, 25.08.2026.
O'qildi: 659 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик