Saudiya Arabistonining «Al-Hilol» klubi «Arsenal» vingeri Gabriel Martinellini o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi.
Insayder Fabrisio Romano ma’lumotiga ko‘ra, klublar transfer shartlari bo‘yicha deyarli kelishuvga erishgan. «Al-Hilol» 25 yoshli braziliyalik futbolchi uchun 50–55 million funt (58–64 million yevro) taklif qilmoqda. «Arsenal» ushbu taklifni qabul qilishi kutilmoqda.
Saudiya klubi Martinellining o‘ziga ham shartnoma taklifini yuborgan. «Al-Hilol» rahbariyati transferni shu haftaning o‘zida yakunlashga umid qilmoqda.
«Arsenal»da Martinelliga kelgusi rejalarda ishonch bildirilmayapti. Futbolchining London klubi bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi.
Avvalroq Martinelli Turkiyaning «Galatasaroy» klubiga o‘tish taklifini rad etgan edi.













