Kirish Ro'yxatdan o'tish

«MYU»da Balde bo‘yicha boshqa reja bor

«MYU»da Balde bo‘yicha boshqa reja bor

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» Alexandro Baldeni hoziroq to‘liq transfer qilishni rejalashtirmayapti.

ESPN ma’lumotiga ko‘ra, mankunianliklar himoyachini bir mavsumga ijaraga olib, kelishuvga keyinchalik uni sotib olish huquqini kiritishni ma’qul ko‘rmoqda. «Barselona» esa o‘z tarbiyalanuvchisini 30–40 million yevroga baholamoqda.

«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Baldening kelajagi bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilishdan avval futbolchi bilan yuzma-yuz suhbat o‘tkazmoqchi. Alexandro esa joriy mavsumda qancha o‘yin amaliyotiga ega bo‘lishi borasida aniq kafolat olishni istamoqda.

O‘tgan Ispaniya chempionatida himoyachi 28 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 07:12, 25.08.2026.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик