«Kristal Pelas» «Marsel» va Niderlandiya terma jamoasi yarim himoyachisi Kventin Timberni o‘z safiga qo‘shib olishni istamoqda. 25 yoshli xavbek maydon markazini kuchaytirish uchun «burgutlar»ning maqsadlar ro‘yxatiga kiritilgan.
Niderlandiya terma jamoasi safida JCH-2026 da ishtirok etgan Timber APLda o‘ynashni orzu qiladi. U o‘tgan qishda «Feyenoord»dan «Marsel»ga 4,5 million yevro evaziga o‘tgan va 16 ta o‘yin o‘tkazgan, uning shartnomasi 2030 yilgacha mo‘ljallangan.













