Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/08 00:30 Elche 0-5 Barselona
24/08 19:00 Qo‘qon-1912 1-1 Buxoro
24/08 22:30 Osasuna 0-0 Levante
25/08 00:00 Fulhem 2-3 Chelsi
25/08 00:30 Malaga 1-1 Deportivo

Mareska Gehini nega yarim himoyada o‘ynatganini tushuntirdi

Mareska Gehini nega yarim himoyada o‘ynatganini tushuntirdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Enso Mareska himoyachi Mark Gexini "Bornmut"ga qarshi APL bahsida markaziy yarim himoyachi sifatida maydonga tushirgani haqida gapirdi.

Rodri va Tijjani Reynders jamoani tark etgach, murabbiy Gexini maydon markazida Elliot Anderson bilan birga o‘ynatishga qaror qildi. "Siti" 2:1 hisobida g‘alaba qozongan uchrashuvda Gexining goli jamoaning kambekini boshlab berdi.

"Hozirgi vaziyatda yechim topish juda muhim. Turli variantlarni ko‘ra bilish kerak. Men Markni "Kristal Pelas"dagi davridan bilaman. Doim uni yaxshi yarim himoyachi bo‘la oladi, deb o‘ylaganman.

Ba’zida xayolingga biror g‘oya keladi va uni amalda sinab ko‘rishing kerak. Umuman olganda, Mark yaxshi o‘ynadi. Endi bizda kelajak uchun yana bir variant bor", — dedi Mareska Sky Sports'ga.

Gexining o‘zi ham yangi pozisiyada o‘ynaganidan hayron qolganini tan oldi.

"Men hayron qoldim! Bu g‘oya murabbiyning xayoliga keldi va biz bir hafta davomida shuning ustida ishladik. U jamoada turli variantlarni sinab ko‘rmoqda. Bugun bu o‘zini oqlaganidan xursandman.

Elliot bilan yonma-yon o‘ynaganim menga katta yordam berdi. Shuningdek, bu pozisiyada o‘ynash tajribasiga ega futbolchilar butun uchrashuv davomida menga maslahat berib turishdi", — dedi Gexi.

Kiritildi: 11:10, 25.08.2026.
O'qildi: 642 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик