Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Yuventus»ga taklif qilingan hujumchiga «Fiorentina» xaridor

«Yuventus»ga taklif qilingan hujumchiga «Fiorentina» xaridor

Baho:
+ | -

Angliyaning «Everton» klubiga tegishli bo‘lgan 28 yoshli afrikalik hujumchi Betu yozgi transfer oynasi yopilguniga qadar jamoasini o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Jurnalistning ma’lum qilishicha, tajribali forvard faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirish imkoniyatiga ega. Betuni «Fiorentina» o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda.

Avvalroq futbolchining xizmatlari Turinning «Yuventus» klubiga ham taklif qilingani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Betu o‘tgan mavsumda barcha musobaqalar doirasida 40 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Hujumchi ushbu bahslarda 10 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 13:03, 25.08.2026.
O'qildi: 633 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик